O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistraturasiga tanlov jarayoni yakunlandi.
"Prokurorlik faoliyati", "Korrupsiyaga qarshi kurashish", "Inson huquqlariga oid xalqaro huquq" va "Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash" (kunduzgi ta’lim), shuningdek "Prokurorlik faoliyati" (masofaviy va kechki ta’lim shakllari) yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda jami 862 nafar nomzod ishtirok etdi.
Nomzodlar to‘plagan ballari bilan pasport (ID-karta) raqami orqali e’lon qilingan ro‘yxatdan tanishishlari mumkin.
Tanlov yakunlariga ko‘ra:
2025/2026 o‘quv yilida Akademiya magistraturasi tinglovchilari sifatida: 65 nafar – kunduzgi ta’limga, 38 nafar – masofaviy ta’limga, 11 nafar – kechki ta’limga, eng yuqori natija ko‘rsatgan nomzodlar tavsiya etildi.
Shuningdek, "Tergov faoliyati" mutaxassisligi bo‘yicha tanlovda ishtirok etgan 116 nafar nomzoddan 33 nafari o‘qishga tavsiya etildi.
Kunduzgi ta’limga tavsiya etilgan nomzodlar joriy yilning 3-sentyabr kuni soat 9:00 da, kechki ta’limga tavsiya etilgan nomzodlar esa shu kuni soat 18:00 da Akademiyaga quyidagi hujjatlar bilan hozir bo‘lishlari lozim:
1. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatning asli (pasport yoki ID-karta);
2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasining asli.
Masofaviy ta’limga tavsiya etilgan nomzodlarga Akademiyaga kelish sanasi haqida qo‘shimcha ravishda xabar beriladi.
Akademiya jamoasi tanlovdan muvaffaqiyatli o‘tgan barcha nomzodlarni tabriklaydi hamda ularga ilm-fan, ta’lim va kasbiy faoliyatda katta muvaffaqiyatlar tilaydi!