Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha navbatdagi sayyor o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi

Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari bo‘yicha navbatdagi sayyor o‘quv-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzuridagi Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti Jizzax viloyatida Bosh prokuraturaning kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda qonuniylikni ta’minlash bo‘limi hamkorligida «Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari» mavzusida o‘quv-amaliy seminar tashkil etdi.

Mazkur tadbirda viloyat prokuraturasi xodimlari, tuman prokurorlarining o‘rinbosarlari, tergovchilar hamda viloyat va hududiy ichki ishlar boshqarmalari operativ xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida kiberjinoyatlarni aniqlash va tergov qilish jarayonlarida yuzaga kelayotgan tizimli muammolar har tomonlama muhokama qilindi, ularning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Shuningdek, raqamli dalillarni to‘plash va tahlil qilish, ushbu sohada nazoratni kuchaytirishga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi kelgusida ham hududlardagi huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tergov bo‘linmalari uchun sayyor o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarni izchil davom ettirishni rejalashtirmoqda.