Mahallalarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish davom etmoqda

Mahallalarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish davom etmoqda

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi mahallalarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda.

Navbatdagi monitoring Mirobod tumanidagi "Tong Yulduzi" mahallasida o‘tkazilib, unda huquqbuzarlik va jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mirobod tumani IIB FMB rahbariyati va boshqa mas’ul shaxslar bilan hamkorlikda mahallada 2021–2024-yillarda hamda 2025-yilning o‘tgan davrida sodir etilgan jinoyatlar tahlil qilindi. Huquqbuzarlik sabablari, ularning oldini olish choralari hamda profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash jarayonlari ko‘rib chiqildi.

Monitoring natijalariga ko‘ra, kriminogen vaziyatni yaxshilash, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha yagona nazorat tizimini shakllantirishga oid taklif va tavsiyalar berildi.

Eslatib o‘tamiz, Akademiya ishchi guruhi Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1–sonli «Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarni erta oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hamda 2025-yil 18-avgustdagi PQ–253–sonli «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida muntazam ravishda joylarda o‘rganish tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.