O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida AQSH Adliya departamenti Jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha malaka oshirishga ko‘mak ko‘rsatish xalqaro dasturi (ICITAP) doirasida «Terrorizm bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘yicha rahbarlar va tergovchilarni tayyorlash» mavzusida o‘quv kursi tashkil etildi.
Kurs AQSH va Buyuk Britaniya mutaxassislari hamda Akademiya professor-o‘qituvchilari ishtirokida o‘tkazilib, 4 kun davom etdi.
Kurs tinglovchilari sifatida prokuratura organlari va Davlat xavfsizlik xizmati tergov bo‘linmalari xodimlari qatnashdilar.
Dars jarayonida tinglovchilar mazkur toifadagi ishlar yuzasidan tergov harakatlarini amalga oshirishda inson huquqlarini ta’minlash, tergov jarayonida ishtirok etuvchi shaxslarning harakatlarini huquqiy baholash, ashyoviy dalillarni aniqlash va ularni protsessual rasmiylashtirish bo‘yicha zarur bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, terrorizmga qarshi kurash sohasidagi dolzarb muammolar, ilg‘or xorijiy tajriba va samarali amaliyotlar bilan tanishdilar.
Kurs yakunlari bo‘yicha Akademiya rahbariyati va AQSH Adliya vazirligi vakillari tomonidan tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi. Shuningdek, kelgusida hamkorlikda qo‘shma tadbirlarni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.