Akademiya ishchi guruhi tomonidan hududlarga chiqib, mahallalarda kriminogen vaziyatni o‘rganish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi navbatdagi tadbirlar Qashqadaryo viloyatining “Pillakashlik”, “Jambul”, “Paxtazor” va “Oltindala”-mahallalarida o‘tkazildi.
Mutaxassislar tomonidan mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi sabab va omillar, jinoyat sodir etilishiga zamin yaratayotgan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy-maishiy muammolar kompleks tarzda tahlil qilindi, olib borilayotgan profilaktik ishlar samaradorligi o‘rganildi.
Natijada har bir mahallaning va aniq tumanning xususiyatlarini hisobga olgan holda xavfsiz muhitni yaratish hamda jinoyatlarning barvaqt profilaktikasini ta’minlashga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Ushbu faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son hamda 2025-yil 18-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ–253-son qarorlarini amalga oshirish doirasida olib borilmoqda.