Akademiyada “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda innovatsion usullar hamda xalqaro hamkorlik masalalari” o‘quv kursi yakunlandi

Akademiyada “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda innovatsion usullar hamda xalqaro hamkorlik masalalari” o‘quv kursi yakunlandi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Raqamli kriminalistika ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan prokuratura organlarining tergovchilari, tergov ustidan nazoratni amalga oshiruvchi prokurorlar hamda prokuror-kriminalistlar uchun «Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashishda innovatsion usullar hamda xalqaro hamkorlik masalalari» mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi.

O‘quv kurs raqamli kriminalistikaning nazariy asoslari, raqamli dalillarni olish va tahlil qilishning zamonaviy usullari, ochiq manbalar, ijtimoiy tarmoqlar va Darknet bilan ishlash, shuningdek, kripto-aktivlar hamda xalqaro hamkorlikka oid dolzarb masalalarni qamrab oldi.

Mashg‘ulotlar ishtirokchilarga raqamli kriminalistika sohasidagi zamonaviy usullar va vositalar bilan ishlash bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirish imkonini berdi. Interfaol tarzda o‘tgan kurs davomida tinglovchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.

O‘quv kursi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Mazkur kurs kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida kadrlar salohiyatini yuksaltirishga va huquqni muhofaza qilish faoliyatiga ilg‘or amaliyotlarni joriy etishga xizmat qiladi.