Akademiyada UNODC va ARIN–WCA tarmog‘i hamkorligida vebinar tashkil etildi

Akademiyada UNODC va ARIN–WCA tarmog‘i hamkorligida vebinar tashkil etildi


BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) Mintaqaviy vakolatxonasi hamda G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining Aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN–WCA) hamkorligida “Aktivlarni qaytarishda yuqori samaradorlikni ta’minlash: Gonkong tajribasi” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

Vebinarda Gonkong maxsus ma’muriy hududi Korrupsiyaga qarshi mustaqil komissiyasi (ICAC) vakillari – Aktivlarni qaytarish boshqarmasi rahbari Sudhir Gidvani va katta tergovchi Gavin Lau qatnashdi. Ular Gonkongning Aktivlarni qaytarish masalalari yuzasidan huquqiy asoslari, amaliy tajribalari haqida taqdimot bilan ma’ruza qilishdi.

Tadbirda aktivlarni musodara qilish jarayonlari, mulkning nominal egalari va offshor hududlarda yashirilgan aktivlarni aniqlash, xalqaro huquqiy yordam so‘rovlarini tayyorlash va yuborish, musodara qilingan aktivlarni boshqarish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston, Eron, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmanistondan vakillar ishtirok etib, vebinar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi Tarmoqning Kotibiyati sifatida mintaqaviy hamkorlikni muvofiqlashtirish, axborot va tajriba almashish jarayonlarini yo‘lga qo‘yish hamda tarmoqning samarali faoliyati uchun muhim chora-tadbirlarni ko‘rib kelmoqda.