O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bakalavriatiga xorijiy fuqarolarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabul qilish boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining Muvofiqlashtirish-vasiylik kengashining 5-sonli yig‘ilishi bayoni bilan Akademiya bakalavriati “60420100 – Yurisprudensiya” yo‘nalishiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish uchun suhbat o‘tkazish va uning natijalarini belgilash tartibi belgilangan.

Xorijiy fuqarolarni o‘qitish o‘zbek va rus tilida, to‘lov-kontrakt asosida, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.

Talabgorlar Akademiya bakalavriatiga suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.

Nomzodlar 2025-yil 3-oktyabrga qadar (shu kuni xam) Akademiyaning https://bachelor.proacademy.uz/ elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari va quyidagi hujjatlarni yuklashlari lozim:

– xorijiy fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat;

– belgilangan tartibda legalizatsiya qilingan yoki apostil qo‘yilgan xorijiy davlatning vakolatli organlari tomonidan berilgan, o‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar (ballar) ko‘rsatilgan ta’lim haqidagi hujjat.

Yuklanayotgan har bir hujjat alohida fayl (PDF shaklida) ko‘rinishida bo‘lishi lozim.

Zarurat tug‘ilganda, qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin.

Qabul bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olish mumkin: 71-202-04-96 (vn. 1727; 1991).