O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga qabul e’lon qiladi:
«12.00.01 – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi”;
“12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”;
“12.00.04 – Fuqarolik protsessual huquqi. Iqtisodiy protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya”;
“12.00.05 – Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi”;
“12.00.07 – Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”;
“12.00.08 – Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”;
"12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi";
“12.00.12 – Korrupsiya muammolari (yuridik fanlar)”.
Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar 2025-yil 5-oktyabrdan 5-noyabrga qadar http://daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgach, Akademiyaning Ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy xodimlarni tayyorlash markaziga barcha zarur hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari talab etiladi.
Tayanch doktorantura (PhD) va doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar uchun tavsiya etilayotgan mavzular ro‘yxati proacademy.uz.