Mahallalarda kriminogen vaziyat kompleks monitoringi davom etmoqda

Mahallalarda kriminogen vaziyat kompleks monitoringi davom etmoqda


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan mahallalarda kriminogen vaziyatni ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.B.Mustafayev boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Toshkent viloyatining Angren shahrida Angren shahridagi “Taraqqiyot” va “Mirzo Ulug‘bek” mahallalarini o‘rganish ishlari o‘tkazilib, mas’ul xodimlar va mahalla faollari ishtirokida huquqbuzarlik va jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar mahalla hududida besh yil davomida sodir etilgan jinoyatlarni tahlil qilib, huquqbuzarliklar sabablari, ularning oldini olish choralari hamda profilaktik hisobda turgan shaxslar bilan ishlash jarayonlarini atroflicha o‘rganishdi. Monitoring natijalariga ko‘ra, kriminogen vaziyatni yaxshilash, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish va mahallada jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Angren shahrining “Yoshlik”, “Yangi go‘shsoy” hamda “Ozodlik” mahallalarida sodir etilgan hamda oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar xususida mahalla yettiligi a’zolarining har biri bilan suhbatlar o‘tkazilib jinoyatlarni oldini olish borasidagi fikr va mulohazalari eshitilib, mahalla hududida jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi manzilli takliflar berildi.

Yuqorida keltirilgan tadbirlar Akademiya ishchi guruhi tomonidan Prezidentimizning 2025-yil 3-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–1-son hamda 2025-yil 18-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ–253-son qarorlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish doirasida amalga oshirildi.