BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda ARIN-WCA tarmog‘i hamkorligidagi vebinarlar turkumining 3-qismi tashkil etildi

BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda ARIN-WCA tarmog‘i hamkorligidagi vebinarlar turkumining 3-qismi tashkil etildi


BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB) Mintaqaviy vakolatxonasi hamda G‘arbiy va Markaziy Osiyo davlatlarining Aktivlarni qaytarish bo‘yicha idoralararo tarmog‘i (ARIN-WCA) hamkorligida “Qaytarilgan jinoiy aktivlarni boshqarish va ulardan foydalanish jarayonida jamoatchilik ishonchini saqlab qolish muammolari” mavzusidagi navbatdagi onlayn vebinar o‘tkazildi.

Tadbirda ARIN-WCA tarmog‘i Kotibiyati (Akademiya), tarmoq a’zolari (Qozog‘iston, Eron, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va Turkmaniston) vakillari, shuningdek O‘zbekistondagi boshqa vakolatli organlar xodimlari ishtirok etdilar.

Vebinarda BMT GJB Mintaqaviy vakolatxonasi rahbari Oliver Shtolpe, O‘zbekistondagi “Ishonch” jamg‘armasi Kotibiyati rahbari Jonas Astrup, mazkur jamg‘arma huzuridagi fuqarolik jamiyati maslahat kengashi raisi, Sayyora Xodjayeva, “CLEEN” Foundation (Nigeriyada politsiya, jamoat xavfsizligi, korrupsiyaga qarshi kurash sohasida faoliyat yurituvchi nodavlat tashkiloti) Piter Maduomalar ekspert sifatida chiqish qilib, “Ishonch” va “CLEEN Foundation” jamg‘armalari faoliyati, aktivlarni restitutsiya jarayonlarini amaliyotga yo‘naltirish hamda qaytarilgan mablag‘lar fuqarolar manfaatlari uchun xizmat qilishi kabi masalalar bo‘yicha taqdimot qilishdi.

Vebinar ishtirokchilari ekspertlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi.