//= Yii::t('front', 'test_mode')
?>
O'zbekiston Respublikasi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasi
Professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish bo‘yicha navbatdagi mahorat darsi
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalar va metodikalarni joriy etish maqsadida izchil va tizimli ishlar olib borilmoqda.
Mazkur faoliyat doirasida 2025-yil 26-sentyabr kuni Toshkent Davlat yuridik universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi R.O‘.Qo‘chqorov ishtirokida “Auditoriyani jalb qilishning muhim sharti va usullari” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida notiqlik san’ati, notiqlar uchun muhim eslatmalar, nutqning ahamiyati va uning auditoriyaga ta’siri, omma oldidagi nutqning ta’sirini pasaytiradigan omillar, ma’ruza mashg‘ulotlarida auditoriyani jalb qilish va faollashtirish usullari haqida batafsil fikr yuritildi.
Tadbirda nutqning ta’sir kuchiga oid videorolik namoyish qilinib, ishtirokchilarga mavzuga oid savollar berildi va atroflicha muhokama qilindi.
Mahorat darsi so‘ngida mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.