Huquqni muhofaza qilish akademiyasi ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahrining “Baratxo‘ja”, “Mingo‘rik”, “Farovon”, “Birodarlik”, “Tong Yulduzi” (Mirobod tumani), “Boyqo‘rg‘on”, “Istiqlol”, “Cho‘lpon”, “Yashnobod” (Yashnobod tumani) va “Bektemir”, “Nurafshon” (Bektemir tumani) mahallalarida huquqbuzarlik va jinoyatlarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularning oldini olish masalalari ilmiy yondashuvlar asosida o‘rganildi.
Mutaxassislar mahallalardagi kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatuvchi sabab va omillar, jinoyatni sodir etishga zamin yaratayotgan shart-sharoitlar hamda ijtimoiy-maishiy muammolar, olib borilayotgan profilaktik ishlar holatini o‘rganib, tahlil qilishdi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha har bir mahallaning aniq xususiyatlarini inobatga olgan holda, jinoyatlarni barvaqt profilaktikasini ta’minlashga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan kelgusidagi yo‘l xaritalariga kiritish uchun mas’ullarga taqdim etildi.