Akademiya magistraturasining quyidagi mutaxassisliklariga tanlovda ishtirok etgan nomzodlar tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi ma’lum qilinadi.
Tashqi nomzodlar – “Prokurorlik faoliyati” (kunduzgi, kechki va masofaviy), “Korrupsiyaga qarshi kurashish”, “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq”, “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” mutaxassisliklari bo‘yicha;
Vakolatli davlat organlari xodimlari – “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” hamda “Prokurorlik faoliyati” (masofaviy) mutaxassisliklari bo‘yicha;
Ichki nomzodlar – “Prokurorlik faoliyati” (masofaviy) mutaxassisligi bo‘yicha.
Akademiya magistraturasida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun Akademiya qabul komissiyasiga joriy yilning 27 oktyabr kuniga qadar Akademiyaning info@proacademy.uz elektron pochtasiga tashqi nomzodlar ariza, vakolatli davlat organlari xodimlari va ichki nomzodlar esa o‘z arizasiga bevosita rahbarining tavsiyanomasini ilova qilgan holda yuborishi mumkin ekani ma’lum qilinadi.
Barcha nomzodlar uchun ariza namunasi.
Vakolatli davlat organlari xodimlari va ichki nomzodlar uchun bevosita rahbarining tavsiyanomasi namunasi.