Toshkent viloyati mahallalarida kriminogen vaziyatni o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda

Toshkent viloyati mahallalarida kriminogen vaziyatni o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda


Akademiya ishchi guruhi tomonidan joriy yilning sentyabr oyida Toshkent viloyati Olmaliq shahrining “Alisher Navoiy”, “Sofi Olloyor”, “Temur Malik”, “Zarbuloq”, “Uvaysiy” hamda Angren shahrining “Navbahor”, “Yoshlik”, “Ulug‘bek”,-“Taraqqiyot” mahallalarida ilmiy yondashuv asosida huquqbuzarliklarni barvaqt aniqlash hamda ularning oldini olish masalalari o‘rganildi.

Guruh a’zolari tomonidan mahallalardagi huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari, huquqbuzarliklarga olib keluvchi ijtimoiy-iqtisodiy omillari, shuningdek, amaldagi profilaktik chora-tadbirlar samaradorligi tahlil qilinib, o‘rganish natijalari asosida har bir mahallaning o‘ziga xos jihatlarini inobatga olgan holda, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar tayyorlandi.

Mazkur taklif va tavsiyalar umumlashtirilib, kriminogen vaziyatni yaxshilashga qaratilgan kelgusidagi yo‘l xaritalariga kiritish uchun mas’ullarga taqdim etildi.

Mazkur faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 3-yanvardagi PQ–1-son "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi hamda 2025-yil 18-avgustdagi PQ–253-son "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarorlari ijrosi doirasida tizimli davom ettiriladi.