Talaba yoshlar orasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

Talaba yoshlar orasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Talaba yoshlar orasida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish” mavzusida seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Mazkur tadbir mamlakatimizda tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarga olib kelayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali bartaraf etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida o‘tkazildi.

Seminar Akademiya boshlig‘ining o‘rinbosari Sh.B.Mustafayev raisligida, Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoshlar masalalari bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Z.O‘.Fayzullayev, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi HPB boshlig‘i o‘rinbosari Sh.A.Normatova tomonidan o‘tkazildi. Unda Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlar ishtirok etdilar.

Seminar davomida yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish, jinoyatchilikning kriminologik jihatlari, uni jilovlash va bartaraf etish mexanizmlari bo‘yicha ochiq muloqotlar olib borildi.

Tadbir yakunida namunali xizmat faoliyati bilan ajralib turgan profilaktika (katta) inspektorlari va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlarning ota-onalariga tashakkurnomalar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.