Rossiya Federatsiyasi Prokuratura universiteti ilmiy seminarida ishtirok etildi

Rossiya Federatsiyasi Prokuratura universiteti ilmiy seminarida ishtirok etildi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari Rossiya Federatsiyasi Prokuratura universitetida tashkil etilgan I.I.Karpes nomidagi "Kriminologiya" ilmiy birlashmasi yig‘ilishida onlayn formatda ishtirok etdilar. Seminar mavzusi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning jinoyatchiligiga qarshi kurashishning dolzarb masalalari hamda noqonuniy migratsiya muammolariga bag‘ishlandi.

Seminarda Akademiya katta o‘qituvchisi, A.I.Yesemuratov "Zamonaviy bosqichda O‘zbekiston Respublikasida migratsiya masalalari" mavzusida ma’ruza qildi.

Tadbir ishtirokchilari xorijiy fuqarolar o‘rtasidagi jinoyatchilikning zamonaviy tendensiyalari va dinamikasi, ushbu hodisaning mintaqaviy xususiyatlari hamda migrantlarning kriminallashuviga ta’sir etuvchi omillarni muhokama qildilar.

Shuningdek, xorijliklarning jinoyatchiligi bilan noqonuniy migratsiyaning o‘zaro bog‘liqligi va ushbu sohada huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.