O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda ekspert sifatida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi I.I.Marupov, shuningdek Akademiya rahbariyati, xodimlari hamda talabalari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida jaholat va diniy ekstremizmning salbiy oqibatlari, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, sog‘lom dunyoqarash va ma’naviy barkamol shaxsni tarbiyalash masalalari muhokama qilindi.
Ekspert o‘z ma’ruzasida ma’rifatning jamiyat rivojidagi o‘rni, yoshlarni yot g‘oyalardan himoya qilishning zamonaviy usullari hamda axborot maydonida diniy sohaga oid to‘g‘ri va ishonchli ma’lumot tarqatishning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zaro fikr va tajriba almashdilar, shuningdek, jamiyatda ma’rifiy g‘oyalarni keng targ‘ib qilish borasida amaliy takliflar ilgari surildi.