O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarning dunyoqarashini kengaytirish, turli xalqlar madaniyatiga hurmat tuyg‘usini oshirish hamda Yaponiyaning Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Yaponiya madaniyati kuni tashkil etildi.
Tadbirda JICAning Yaponiyadan kelgan eksperti, ALMEC kompaniyasining tadqiqot guruhi rahbari janob Manabu Ono, yoshlar masalalari bo‘yicha JICA eksperti xonim Nagisa Oxata, shuningdek Akademiya rahbariyati va talabalar ishtirok etdilar.
Janob Manabu Ono ishtirokchilarga Yaponiya madaniyati va an’analari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdi, milliy bayramlar, odob-axloq qoidalari va ta’lim tizimi xususiyatlari haqida so‘zlab berdi. Talabalar Yaponiya haqidagi ma’lumotlarga katta qiziqish bilan qo‘shilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Tadbir yakunida Yaponiya madaniyatiga oid viktorina o‘tkazilib, savollarga to‘g‘ri javob bergan talabalar yapon ekspertlari tomonidan esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.
Bunday tadbirlar O‘zbekiston va Yaponiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga, madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda Akademiyaning xalqaro hamkorlik doirasini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.