Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Birlashgan Arab Amirliklarining Jinoiy daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va noqonuniy tashkilotlarni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Milliy qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari va Bosh kotibi Xamid Al-Zaabi boshchiligidagi delegatsiya tashrifi amalga oshirildi.
Tashrif davomida delegatsiyaga Akademiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, tarkibiy tuzilmasi, prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi, ilmiy va ta’lim jarayonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, delegatsiya vakillari Akademiyaning moddiy-texnik bazasi, tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan infratuzilma, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy texnologiyalar, yuridik klinika, kriminalistik poligon, laboratoriyalar, sud imitatsiyasi xonasi va boshqa amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus xonalar, shuningdek, axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdilar.
Akademiyaning ilm-fan, ta’lim va amaliyotning o‘zaro uyg‘unligiga asoslangan ta’lim faoliyati mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.