Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash akademiyasi dekani tashrifi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash akademiyasi dekani tashrifi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga Vena shahrida joylashgan Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash akademiyasi (IACA) dekani, huquq fanlari doktori (PhD) Slagyana Taseva (Slagjana Taseva)ning tashrifi bo‘lib o‘tdi V Toshkent aksilkorrupsiya forumi doirasida.

Slagyana Taseva – korrupsiyaga qarshi siyosat va jinoyat huquqi sohasida yetakchi ekspert, yuridik fanlari doktori, "Transparency International Macedonia" tashkilotining asoschisi va ilk raisi, shuningdek Shimoliy Makedoniya Respublikasi Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha Davlat komissiyasining sobiq raisi hisoblanadi.

Tashrif doirasida Taseva xonim Akademiya magistraturasi tinglovchilari uchun ma’ruza o‘tkazdi.

Ma’ruzada u korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashdi hamda shaffoflik va hisobdorlik institutlarini mustahkamlashda akademik va idoralararo hamkorlikning ahamiyatini ta’kidladi.

Akademiya tinglovchilari ekspertga korrupsiyaning oldini olishda zamonaviy chaqiriqlar bo‘yicha savollar berib, muhokamalarda faol ishtirok etishdi.

Shuningdek, tashrif doirasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash akademiyasi vakili bilan Akademiya rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tomonlar ilmiy-tadqiqot faoliyati, kadrlar tayyorlash va korrupsiyaga qarshi ta’limda eng yaxshi tajribalar bilan o‘zaro almashish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar.