“Ochiq manbalar (OSINT) asosida tahlil” mavzusida chuqurlashtirilgan seminar-trening o‘tkazildi

“Ochiq manbalar (OSINT) asosida tahlil” mavzusida chuqurlashtirilgan seminar-trening o‘tkazildi


Ma’lumki, 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab  “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” magistratura mutaxassisligi joriy etilgan bo‘lib, ushbu yo‘nalishga qabul qilingan tinglovchilarga ta’lim berish jarayoniga raqamli texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish yo‘nalishida xalqaro mutaxassislar va ekspertlar muntazam jalb etib borilmoqda.

Mazkur faoliyat doirasida Akademiya Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Ochiq ma’lumotlar manbalariga (OSINT) asosan tahlil qilish” mavzusida tashkil etgan chuqurlashtirilgan seminar-treningning 2-bosqichi o‘tkazildi.

Trening “Center for Information Resilience (CIR)” xalqaro tashkiloti ekspertlari Benjamin den Braber, Tim Farmer va Djek Bishop tomonidan olib borildi, tinglovchilar sifatida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda “Kiberxavfsizlikni huquqiy ta’minlash” magistratura yo‘nalishi tinglovchilari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida qatnashchilar ochiq ma’lumotlar tahlilida zamonaviy OSINT usullari, geo va xronolokatsiya, tasvirlar tahlili, Dark Web muhitida ishlash, shifrlash va kriptovalyuta tahlili bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamladilar. Shuningdek, “Murabbiyni o‘rgatish” moduli orqali o‘quv jarayonini rejalashtirish va baholash usullarini o‘zlashtirdilar.

Kurs yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir Akademiyaning xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, tergov va tezkor-qidiruv faoliyatida ochiq manbali tahlil texnologiyalarini amaliyotga tatbiq etishdagi imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.