“Prokurorning yozma nutqi va sotsiologik tahlil” malaka oshirish kursi boshlandi

“Prokurorning yozma nutqi va sotsiologik tahlil” malaka oshirish kursi boshlandi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida prokuratura organlari xodimlari uchun “Prokurorning yozma nutqi va sotsiologik tahlil” mavzusidagi malaka oshirish kursi boshlandi.

Kurs ishdan ajralmagan holda, masofaviy formatda tashkil etilgan bo‘lib, tinglovchilarning yozma nutq madaniyatini, hujjatlarni aniq va mantiqiy rasmiylashtirish ko‘nikmalarini, shuningdek sotsiologik tahlil asosida huquqiy jarayonlarni baholash salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Masofaviy kurs mashg‘ulotlari davomida prokuratura organlari xodimlarining yozma nutq bilan bog‘liq kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlashga va sotsiologik tahlil ko‘nikmalarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, tinglovchilarda prokuror yozma nutqining turlari va tuzilmasi, yozma nutq savodxonligi va madaniyati, ayblov xulosasini tayyorlashda yozma nutqning me’yoriy jihatlari, yuridik terminologiya va normativlik, sotsiologik tadqiqot o‘tkazish va ma’lumot yig‘ish usullari, so‘rov va monitoring metodlari, empirik natijalarni qayta ishlash va umumlashtirish borasida ko‘nikmalari mustahkamlanadi.

Mazkur o‘quv kursi prokuratura organlari xodimlarining nutq madaniyati va yozma savodxonligini oshirish, huquqiy hujjatlarning samaradorligini ta’minlash, jamoatchilik bilan ochiq va ishonchli muloqot o‘rnatishiga xizmat qiladi.