Zamonaviy ta’lim paradigmasi doirasida korrupsiyaga qarshi ma’rifat: O‘zbekiston tajribasi xalqaro miqyosda taqdim etildi

Zamonaviy ta’lim paradigmasi doirasida korrupsiyaga qarshi ma’rifat: O‘zbekiston tajribasi xalqaro miqyosda taqdim etildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor Ye.V. Kolenko "Intellektual hamdo‘stlik kodeksi" (IN-CODE) xalqaro ilmiy-ta’lim kongressi doirasida o‘tkazilgan "Zamonaviy ta’lim paradigmasi doirasida korrupsiyaga qarshi ma’rifat" mavzusidagi ekspert sessiyada onlayn formatda ishtirok etdi.

IN-CODE – bu ilmiy va ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan olimlar, pedagoglar, ekspertlar hamda davlat idoralari vakillarining ilmiy hamkorlik va yagona ta’lim makonini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro muloqot maydonidir.

Professor Kolenko o‘z ma’ruzasida «Antikorrupsiyaviy ta’limning yangi paradigmasi: fan, texnologiya va halollik madaniyatini integratsiya qilish» mavzusida so‘z yuritib, O‘zbekistonda uzluksiz antikorrupsiyaviy ta’lim tizimini yaratish, ta’lim jarayonlarini raqamlashtirish va metodik yondashuvlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, u halollik madaniyatini shakllantirishda ilmiy tadqiqotlar, ta’lim texnologiyalari va ma’naviy-axloqiy tarbiya tizimining uyg‘unligini ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Ekspert sessiyasi doirasida MDH davlatlarining yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari, huquqni muhofaza qilish organlari va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

Muloqot davomida ishtirokchilar antikorrupsiyaviy ma’rifatni mustahkamlash, ilmiy-amaliy hamkorlikni faollashtirish va tajriba almashish bo‘yicha takliflar bildirdilar.