Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (BMT GJB ) Mintaqaviy vakolatxonasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “GRACE tashabbusi doirasidagi korrupsiyaga qarshi qo‘shma sa’y-harakatlar: tadqiqotlar, ta’lim va yoshlarning imkoniyatlarini kengaytirish” mavzusidagi davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbatida Akademiya, BMT GJB, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Yoshlar parlamenti, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimlari, Akademiya talabalari, magistratura tinglovchilari va doktorantlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar BMT Giyohvandlik va jinoyatchilik boshqarmasining korrupsiyaga qarshi ta’lim, yoshlarni jalb etish va tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan GRACE tashabbusining global vositalari, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kengaytirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlar ishtirokini kengaytirish, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha virtual akademiya imkoniyatlaridan yanada keng foydalanish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar GRACE imkoniyatlarini Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha virtual akademiya elektron platformasida keng joriy etish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda xalqaro, mintaqaviy va milliy sa’y-harakatlarni birlashtirish bo‘yicha takliflar olg‘a surildi.