Shvetsiya tajribasini o‘rganish: bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha idoralararo delegatsiyaning amaliy tashrifi

Shvetsiya tajribasini o‘rganish: bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha idoralararo delegatsiyaning amaliy tashrifi


Akademiya vakili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) boshchiligidagi idoralararo delegatsiya tarkibida amaliy tashrif bilan Shvetsiyaning Stokgolm shahriga bordi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari tomonidan bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Shvetsiya modeli, bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish mexanizmlari, turli ijtimoiy xavfli vaziyatlarga tushib qolgan yoki huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga ko‘rsatiladigan kompleks yordam tizimi o‘rganildi. Shu bilan birga, jinoyatlarni, jumladan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlarini tergov qilish amaliyoti yuzasidan ham tajriba almashildi.

Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Shvetsiya Parlamenti (Riksdag), Farsta Ijtimoiy xizmati (Socialtjänsten), Raul Vallenberg nomidagi Inson huquqlari va gumanitar huquq instituti, Shvetsiyaning Xalqaro taraqqiyot hamkorligi agentligi (SIDA), Bolalar ombudsmani, Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ishlar vazirligi, Barnaxus hamda qator boshqa tashkilot va muassasalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bolalar ombudsmani boshchiligidagi delegatsiyaning mazkur tashrifi zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan yoki qonunga xilof xatti-harakat sodir etgan bolalar huquqlarini kompleks himoya qilish borasida milliy qonunchilikni takomillashtirish, huquqni qo‘llash amaliyotini rivojlantirish hamda Shvetsiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganishga xizmat qildi.