O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida «Kiberhuquq: muammolar va rivojlantirish istiqbollari» ilmiy-amaliy konferensiya materiallari nashr etildi.
Ushbu to‘plam kiberjinoyatlarga qarshi kurashish, raqamli huquqni himoya qilish, kiberxavfsizlikni ta’minlashda huquqiy asoslarni mustahkamlash kabi dolzarb masalalarga bag‘ishlangan. To‘plamda Akademiya professor-o‘qituvchilari, doktorantlari hamda amaliyotchi mutaxassislarning 30 dan ortiq ilmiy maqolalari jamlangan.
To‘plamda kiberjinoyatlarning kriminologik xususiyatlari, raqamli dalillar bilan ishlashning huquqiy jihatlari, sun’iy intellekt va huquqni qo‘llash amaliyoti, kiberxavfsizlikka oid xalqaro tajriba va milliy qonunchilik kabi dolzarb mavzular yoritilgan. Shuningdek, to‘plamda yuridik fanning turli yo‘nalishlariga oid boshqa dolzarb muammolar hamda ular bo‘yicha to‘plangan ilmiy va amaliy tajribalar tahlil etilgan.
Mazkur nashr prokuratura, ichki ishlar va sud-huquq tizimi xodimlari, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari hamda talabalari uchun foydali ilmiy-amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi.