Lund-universiteti bilan uzoq muddatli hamkorlik doirasida akademik muloqot

Lund-universiteti bilan uzoq muddatli hamkorlik doirasida akademik muloqot


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Lund universiteti (Shvetsiya Qirolligi) Huquq sotsiologiyasi departamenti rahbari Anna Lundberg bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida Anna Lundberg Akademiya faoliyatining asosiy jihatlari, uning tashkiliy tuzilmasi, prokuratura va tergov organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonini tashkil etish amaliyoti bilan batafsil tanishtirildi.

Uchrashuv chog‘ida bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari, ushbu sohadagi ilmiy-ta’lim faoliyatining dolzarb jihatlari, shuningdek milliy qonunchilikdagi o‘zgartish va qo‘shimchalar yuzasidan mazmunli fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, tajriba almashish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish orqali hamkorlikni yanada mustahkamlash istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif doirasida Anna Lundberg Akademiyaning moddiy-texnika bazasi, ixtisoslashtirilgan o‘quv auditoriyalari va ilmiy laboratoriyalari bilan tanishdi. Ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan zamonaviy va innovatsion yondashuvlar mehmonda katta qiziqish uyg‘otib, ijobiy baholandi.