Aniqlik, tezlik, g‘alaba: otish tayyorgarligi bo‘yicha musobaqa

Aniqlik, tezlik, g‘alaba: otish tayyorgarligi bo‘yicha musobaqa


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab bakalavriat talabalari o‘rtasida otish tayyorgarligi doirasida Makarov pistoletini noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish tartibi bo‘yicha bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Akademiya bakalavriatining barcha kurslari talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etdi. Ishtirokchilarning tayyorgarlik darajasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilari hamda Akademiya xodimlaridan iborat hakamlar hay’ati tomonidan baholandi. Belgilangan mashqni bajarishda aniqlik va tezkorlik asosiy baholash mezonlari sifatida belgilandi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra, birinchi o‘rinni “Prokurorlik faoliyati” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 2-guruh jamoasi egalladi. Ikkinchi o‘rin “Prokurorlik faoliyati” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs rus tilida ta’lim oluvchi guruh jamoasiga nasib etdi. Uchinchi o‘rinni esa “Tergov faoliyati” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs 1-guruh jamoasi qo‘lga kiritdi.

Musobaqa sog‘lom raqobat va sportcha bellashuv muhitida o‘tdi. G‘olib va sovrindor jamoalar kubok, diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Talabalarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, intizom va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga qaratilgan bunday tadbirlarni Akademiyada doimiy va tizimli ravishda tashkil etish rejalashtirilgan.