Xalqaro hamkorlik va ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslar

Xalqaro hamkorlik va ta’lim sohasidagi yangi tashabbuslar


Akademiyada BMTning Giyohvandlik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC) mintaqaviy vakolatxonasi rahbari O.Shtolpe hamda AQSH Davlat departamenti Xalqaro narkotik moddalar va huquqni muhofaza qilish ishlari bo‘yicha byurosi (INL) Toshkentdagi bo‘limi direktori N.Rettenmayer bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv Akademiyada joriy yilning 12-16-yanvar kunlari UNODC va INL ko‘magida prokuratura organlari tergovchilari hamda IIV tizimi ekspert-kriminalistlari uchun "Hodisa joyini boshqarish va ko‘zdan kechirish" mavzusida bo‘lib o‘tayotgan seminar-trening doirasida tashkil etildi.

Tadbirda UNODC va INL bilan kelgusi hamkorlik masalalari, shu jumladan Akademiyani xalqaro ta’lim xabiga aylantirish, hamkorlikda milliy hamda xorijiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.