Gdansk universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Gdansk universiteti bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Polsha Respublikasining Gdansk universiteti professori Edvardas Yuxnevichus bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Xususan, akademik almashinuv dasturlarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish, stajirovkalarni tashkil etish, shuningdek qo‘shma ta’lim va ilmiy tadbirlarni o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtirish, akademik va ilmiy-tadqiqot tajribalari almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek qo‘shma tashabbuslarni amaliy jihatdan ro‘yobga chiqarishga qaratilgan barqaror hamkorlik formatlarini shakllantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirib, erishilgan kelishuvlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.