Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida BMT bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida BMT bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy koordinatori Sabine Mahl, shuningdek «Ishonch» jamg‘armasi kotibiyati rahbari Yonas Astrup bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish va ustuvor yo‘nalishlarda amaliy o‘zaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor BMT tuzilmalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalarga qaratildi, jumladan Akademiyaning xalqaro ta’lim xabi sifatidagi salohiyatini rivojlantirish, milliy hamda xorijiy huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining malakasini oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, BMT tuzilmalari va hamkor tashkilotlar ishtirokida barqaror ta’lim hamda ilmiy-amaliy tashabbuslarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va kelishilgan ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.