Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Moliya bozori ishtirokchilari milliy assotsiatsiyasi a’zosi bo‘lgan tashkilotlar xodimlari uchun nobank kredit sektorda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga hamda terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan ixtisoslashtirilgan o‘quv kursi o‘tkazildi.
O‘quv kursida mikrokredit tashkilotlari va lombardlarning ichki nazorat xizmatlari faoliyati uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar ishtirok etdi.
Kurs dasturi jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish milliy tizimining amal qilish mexanizmlarini kompleks tarzda ko‘rib chiqishga, shu jumladan milliy va sohaviy darajada risklarni baholash masalalariga, shuningdek, maqsadli moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash amaliyotiga yo‘naltirildi.
Kurs doirasida tinglovchilarda samarali ichki nazorat tizimini tashkil etish, sohaviy risklarni aniqlash va baholash, shuningdek, maxsus vakolatli davlat organiga majburiy tarzda xabar qilinishi lozim bo‘lgan operatsiyalarni belgilash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur o‘quv kursini o‘tkazish nobank kredit tashkilotlari xodimlarining kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga, POD/FT sohasida qonunchilik talablarini amalga oshirishda amaliy yondashuvlarni mustahkamlashga, shuningdek, moliya sektorda ichki nazorat tizimini tashkil etish bo‘yicha yagona va barqaror yondashuvlarni shakllantirishga xizmat qiladi.