Kitob bilan uchrashuv: Akademiya talabalari Olim Otaxon xotira kechasida

Kitob bilan uchrashuv: Akademiya talabalari Olim Otaxon xotira kechasida


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-yanvardagi “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-9-son Qarori ijrosi doirasida Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil tashkil etilmoqda.

Shu maqsadda taniqli yozuvchi va tarjimon Olim Otaxon tavalludining 75-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan xotira kechasiga Akademiyaning bakalavriat bosqichi talabalari tashrifi tashkil etildi.

Ijodiy kecha davomida ishtirokchilar Olim Otaxonning nasriy merosi, uning adabiy uslubi va tarjima maktabiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘lib, adabiyot ahli bilan uchrashish, savol-javob qilish va fikr almashish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar. Manbalarda Olim Otaxonning «Bolalik kabutarlari», «Oqshom xayollari», «Ozod qushlar haqida qissa», «Adoqsiz ko‘chalar» kabi asarlari, shuningdek, jahon adabiyoti namunalaridan qilgan tarjimalari ham e’tirof etilgan.

Tadbir yakunida talabalarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashr qilingan kitoblar sovg‘a qilindi. Mazkur tashabbus talabalarda kitobga mehrni mustahkamlash, mutolaa madaniyatini rivojlantirish, badiiy tafakkur va ijodiy dunyoqarashni kengaytirishga xizmat qiladi.