Huquqni muhofaza qilish akademiyasida xotin-qizlarning ilmiy salohiyatini rivojlantirish, ularning ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda ayollarning intellektual imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlash va ilmiy muhitda teng ishtirokini ta’minlashning dolzarb jihatlari muhokama qilindi.
Tadbirda O‘zbekiston Milliy universiteti professori N.E.Abdullayeva, sotsiologiya fanlari doktori, dotsent S.M.Kalanova hamda Toshkent davlat texnika universiteti professori, falsafa fanlari doktori N.R.Nishonova ishtirok etib, xotin-qizlarning ilm-fan sohasidagi o‘rni, ilmiy faollikni oshirish va zamonaviy tadqiqot muhitini shakllantirish masalalari yuzasidan ma’ruzalar qildilar.
Muhokamalar davomida xotin-qizlarni ilmiy izlanishlarga keng jalb etish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ilmiy rahbarlik institutini takomillashtirish hamda tajribali ayol olimlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tadbir xotin-qizlarning jamiyat hayotidagi o‘rnini mustahkamlash, ularning ilmiy salohiyatini yuksaltirish va mamlakatning innovatsion rivojiga hissa qo‘shishga xizmat qiladi.