Ulug‘ ajdodlar merosi – ma’naviy yuksalish va ilhom manbai

Ulug‘ ajdodlar merosi – ma’naviy yuksalish va ilhom manbai


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida ulug‘ shoir va mutafakkirlar – Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan sanalar munosabati bilan Akademiya xodimlari ishtirokida Ma’rifat soati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda shoira, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori, «Shuhrat» medali sohibi G.Asqarova hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi S.Boymirzayeva ishtirok etdilar.

Mehmonlar o‘z chiqishlarida ulug‘ ajdodlar merosining ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyati, milliy o‘zlikni anglash va yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdagi o‘rni haqida atroflicha fikr yuritdilar. Shoira G.Asqarova Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar o‘qib berish barobarida, o‘zining she’rlaridan ham parchalar ijro etdi. Bu esa tadbirga alohida ruh va ilhom bag‘ishladi.

Shuningdek, Akademiya xodimlari tomonidan shoira ijodidan she’rlar o‘qildi, mazmunli savol-javoblar tashkil etildi. Jonli muloqot ruhida o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ma’rifat soati milliy merosga hurmatni mustahkamlash, adabiy qadriyatlarga qiziqishni kuchaytirish hamda ma’naviy muhitni boyitishga xizmat qildi