Akademiyada “Zakovat” – bilim va tafakkur bellashgan intellektual muhit

Akademiyada “Zakovat” – bilim va tafakkur bellashgan intellektual muhit


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talabalarning intellektual salohiyatini rivojlantirish, mantiqiy tafakkurini chuqurlashtirish hamda jamoaviy hamkorlik madaniyatini mustahkamlashga xizmat qiladigan “Zakovat” intellektual o‘yini an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi bellashuvda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning lliy ta’lim muassasalari jamoalari ishtirok etib, bilim, tezkor fikrlash va jamoaviy hamjihatlik borasida o‘zaro bellashdilar. Tadbirda “Zakovat” intellektual klubi vakili R.Burxonov maxsus mehmon sifatida qatnashib, ishtirokchilar bilan muloqot qildi hamda intellektual o‘yinlarning yoshlar tafakkurini rivojlantirishdagi ahamiyati haqida fikr bildirdi.

Intellektual bellashuvda to‘qqizta jamoa faol ishtirok etib, o‘z bilim darajasi, tahliliy va mantiqiy fikrlash qobiliyati, shuningdek jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etdi. Bellashuv qizg‘in bahs-munozaralar, sog‘lom raqobat muhiti va bilimga chanqoqlik ruhida o‘tib, ishtirokchilarning intellektual salohiyatini yanada namoyon qildi.

Yakunlarga ko‘ra birinchi o‘rinni Bojxona instituti, ikkinchi o‘rinni Harbiy aloqa instituti, uchinchi o‘rinni Ichki ishlar vazirligi akademiyasi jamoalari egalladi.

G‘oliblar Akademiya rahbariyati tomonidan diplomlar, esdalik sovg‘alari hamda maxsus kubok bilan taqdirlandi.

Mazkur intellektual tadbirlar talabalarning bilim saviyasini yuksaltirish, tanqidiy va mantiqiy fikrlash madaniyatini shakllantirish, jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.