Akademiya huzuridagi tayyorlov kurslari uchun pedagog-mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qilinadi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya huzuridagi tayyorlov kurslari uchun pedagog-mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qilinadi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)


O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi huzurida tashkil etilayotgan tayyorlov kurslarida davlat va huquq asoslari, psixologik tayyorgarlik hamda akademik yozuv fanlari bo‘yicha yuqori sifatli ta’lim berish va tinglovchilarni kirish imtihonlariga samarali tayyorlash maqsadida malakali pedagog-mutaxassislarni jalb etish zarurati mavjud.

Tanlov talablariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar ko‘rib chiqilib, ma’qullangan taqdirda, nomzod bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.

Mutaxassis quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:

biriktirilgan fan bo‘yicha o‘quv reja va dasturlarni shakllantirish;

tasdiqlangan dastur asosida nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy interfaol usullarda olib borish;

tinglovchilarni Akademiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar oliygohlarining kirish imtihonlariga sifatli tayyorlash;

o‘quv-uslubiy materiallar (prezentatsiyalar, testlar, tarqatma materiallar) ishlab chiqish va ularni doimiy yangilab borish;

tinglovchilarning o‘zlashtirish darajasini xolis baholash va monitoring qilib borish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

tegishli fan yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tayyorlash bo‘yicha kamida 2-yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lishi;

zamonaviy ta’lim texnologiyalari va interfaol metodlardan foydalana olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi;

rus va o‘zbek tillarida dars o‘tish qobiliyatiga ega bo‘lishi.

Ish shartlari:

ish muddati 3 (uch) oy (kelgusida zarurat tug‘ilgan taqdirda, nomzod mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinishi mumkin);

ish vaqti dars jadvaliga muvofiq, tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida belgilanadi;

ish haqi: qat’iy belgilangan oylik maosh + o‘zi dars berayotgan guruhlardagi tinglovchilar soniga qarab bonus ustamalar (summa suhbat davomida kelishiladi).

Nomzodlar quyidagi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishlari lozim:

pedagogik etika va yuqori mas’uliyat;

ijodiy va innovatsion yondashuv;

mas’uliyatlilik hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va aniq bajarish intizomi.

Tanlovga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

nomzodning shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID-karta);

ish va o‘qish faoliyati to‘g‘risida ma’lumotnoma (rezyume yoki obyektivka);

oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom va uning ilovasi (mavjud bo‘lsa, qo‘shimcha sertifikatlar ham taqdim etiladi);

mehnat daftarchasidan ko‘chirma (mavjud bo‘lgan taqdirda, mygov.uz portali orqali);

STIR to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.

Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 5-mart (shu kuni ham qabul qilinadi).

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsiliy ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: eski «Zenit» zavodi).

Tel.: 71-202-04-96 ; 94-799-66-33.