O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida raqamli ta’lim tizimlarini joriy etish va ularni rivojlantirish doirasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganligi munosabati bilan, loyiha ishlari uchun malakali AKT mutaxassislarini jalb etishga ehtiyoj yuzaga kelgan.
Taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, mutaxassis bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma tuziladi.
1. Bekend dasturchi (Java)
Vazifalar:
Ta’lim platformalari va axborot tizimlarining server qismini noldan loyihalash va ishlab chiqish, shuningdek mavjud modullarni rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish.
Amaldagi kodni tahlil qilish, refaktoringni amalga oshirish va tizimlarni mikroservis yoki ko‘p qatlamli arxitekturaning zamonaviy standartlariga moslashtirish.
RESTful API ishlab chiqish hamda frontend va mobil ilovalar bilan o‘zaro ishlash uchun WebSocket’dan foydalanish.
Davlat va xususiy tashqi servislar bilan integratsiyani amalga oshirish.
Oracle ma’lumotlar bazasi sxemalarini loyihalash va optimallashtirish, murakkab SQL-so‘rovlarni yozish hamda PL/SQL darajasida biznes mantig‘ini amalga oshirish.
Autentifikatsiya protokollarini (Keycloak, JWT, OAuth) joriy etish, loglash va monitoring tizimlarini sozlash, yuqori yuklama sharoitida unumdorlikni optimallashtirish.
Texnik hujjatlar va arxitektura sxemalarini tayyorlash.
Talablar:
Axborot texnologiyalari sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lish yoki tegishli profil sertifikatlariga ega bo‘lish;
Java bo‘yicha kamida 2–3-yillik tijorat dasturlash tajribasiga ega bo‘lish;
Spring Boot (Data, Security, MVC), Hibernate/JPA bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish;
Oracle DB, PL/SQL va Keycloak bilan amaliy ishlash tajribasiga ega bo‘lish;
Git’ni ishonchli darajada bilish;
OOP, SOLID tamoyillari va loyihalash patternlarini tushunish;
Jamoada ishlash, mavjud kodni tahlil qilish va qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
2. Frontend dasturchi (Angular)
Vazifalar:
Angular asosida masshtablanadigan foydalanuvchi interfeyslarini ishlab chiqish.
Veb-platformalar uchun moslashuvchan va turli brauzerlarda to‘g‘ri ishlaydigan yechimlarni yaratish.
Ma’lumotlarning barqarorligi va oldindan boshqarilishini ta’minlash maqsadida ilova holatini boshqarish arxitekturasini (State Management: NgRx yoki NGXS) joriy etish.
Backend tizimlar bilan REST API orqali integratsiya qilish, autentifikatsiya va avtorizatsiya mexanizmlari (JWT) bilan ishlash.
Murakkab dinamik formalarni ishlab chiqish, foydalanuvchi ma’lumotlarini validatsiya qilish va qayta ishlashni sozlash.
Komponent kutubxonalaridan (Angular Material, PrimeNG) foydalanish hamda platformaning yagona UI uslubini qo‘llab-quvvatlash.
Design Review jarayonida ishtirok etish va amalga oshirilgan interfeysning tasdiqlangan dizayn maketlariga muvofiqligini ta’minlash.
Talablar:
Angular bilan ishlash bo‘yicha kamida 2-yillik tajriba;
TypeScript, RxJS, HTML5, CSS3 (Tailwind CSS, SASS/SCSS) bo‘yicha ishonchli bilim;
REST API bilan amaliy ishlash tajribasi;
Holatni boshqarish tizimlari (NgRx yoki NGXS) bilan ishlash tajribasi;
Git’dan foydalangan holda jamoaviy ishlab chiqish tajribasi;
Moslashuvchan verstka va turli brauzerlar uchun ishlab chiqish tamoyillarini tushunish;
Toza, qo‘llab-quvvatlashga qulay va tuzilgan kod yozish ko‘nikmalariga ega bo‘lish.
3. UI/UX dizayner
Vazifalar:
Foydalanuvchi ssenariylarini (User Flow) loyihalash, wireframe va interaktiv prototiplarni yaratish.
Figma’da veb-platformalar va mobil ilovalar uchun vizual konsepsiyalarni ishlab chiqish.
Akademiya loyihalari uchun yagona dizayn tizimini (komponentlar kutubxonasini) yaratish va qo‘llab-quvvatlash.
Maketlarni ishlab chiqishga topshirish uchun tayyorlash: spetsifikatsiyalar, oraliqlar, shriftlar, element holatlarini tavsiflash hamda grafik materiallarni eksport qilish.
Dizaynni turli ekran o‘lchamlari va qurilmalarga moslashtirish.
Loyihaviy yechimlarning aniq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida dasturchilar bilan hamkorlik qilish.
Talablar:
UI/UX dizayn yo‘nalishida kamida 1–2-yillik ish tajribasi;
Figma, Adobe Photoshop va Illustrator dasturlarini ishonchli darajada bilish;
Veb-platformalar va mobil ilovalar interfeyslarini loyihalash tajribasi;
UX, usability va moslashuvchan dizayn tamoyillarini tushunish;
Dizayn tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalariga ega bo‘lish;
Amalga oshirilgan loyihalarni o‘z ichiga olgan portfolio bo‘lishi shart.
Nomzodlarga qo‘yiladigan umumiy talablar:
Mas’uliyat, tashabbuskorlik va tartiblilik;
Jamoada ishlash va belgilangan muddatlarga rioya etish qobiliyati;
Mustaqillik, analitik fikrlash va natijaga yo‘naltirilganlik.
Ish shartlari:
Bajariladigan ish muddati – 3 (uch) oy;
Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori taraflar kelishuvi bilan belgilanadi;
Ish vaqti – haftasiga 5 kun, kuniga 8 soat (40 soatlik ish tartibi)
Ish formati – Akademiya binosida shaxsan bo‘lish yoki shartnomada ko‘rsatilgan holda gibrid shaklda ishlash.
Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
Nomzodning shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta);
Rezyume (obyektivka), amalga oshirilgan loyihalar, GitHub yoki portfolio havolalari ko‘rsatilgan holda;
Oliy ma’lumot haqida diplom va ilovasi (sertifikatlar bo‘lsa, ular ham taqdim qilinadi);
STIR to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma (agar mavjud bo‘lsa, mygov.uz sayti orqali olingan).
Hujjatlarni topshirish muddati: 2026-yil 27-martgacha.
Manzil: Huquqni muhofaza qilish akademiyasining AKT va AXT bo‘limi.
Telefon: 71 202-04-96 (ichki 1919), +998 (97) 431-10-70.