Akademiya maxsus pullik o‘quv kurslarini tashkil etishda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik is

Akademiya maxsus pullik o‘quv kurslarini tashkil etishda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis vazifasiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik is


Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi faoliyatiga vaqtinchalik asosda maxsus pullik o‘quv kurslarini tashkil etishda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis jalb qilish zarurati mavjud.

Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari:

tijorat banklari, nobank kredit tashkilotlari, to‘lov tizimi operatorlari va to‘lov tashkilotlarining (keyingi o‘rinlarda – kredit va to‘lov tashkilotlar) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga (keyingi o‘rinlarda – JDL/TM) qarshi kurashish bo‘yicha Ichki nazorat va boshqa xodimlari uchun Akademiyada rejali asosda tashkil etiladigan maxsus pullik o‘quv kurslari (keyingi o‘rinlarda – “pullik o‘quv kurslar”) tashkil etish maqsadida Akademiyaning ilmiy salohiyati va texnik imkoniyatlarini aks ettiruvchi taqdimot materiallarini tayyorlash;

pullik o‘quv kurslar tashkil etish uchun Respublikaning barcha kredit va to‘lov tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish, ularga Akademiyaning ilmiy va texnik salohiyatini yoritish orqali pullik o‘quv kurslariga jalb qilish;

pullik o‘quv kurslariga qiziqish bildirgan kredit va to‘lov tashkilotlarining Ichki nazorat xodimlari ro‘yhatini shakllantirish va ular bilan Akademiya nomidan shartnoma shartlarini ishchi tartibda kelishish va imzolanishini tashkillashtirishda yordam ko‘rsatish;

pullik o‘quv kurslarini o‘quv dasturiga kiritilishi lozim bo‘lgan mavzular ro‘yxatini kredit va to‘lov tashkilotlarning talablaridan kelib chiqqan holda shakllantirish, shuningdek ushbu mavzularning kontentini yaratishga uslubiy yordam ko‘rsatish;

pullik o‘quv kurslarning jozibadorligini oshirish maqsadida kurslarga jalb qilinishi lozim bo‘lgan yuqori malaka va ko‘nikmalarga ega mahalliy ekspert mutaxassislarning portfelini (mutaxassislar ish tajribasi, faoliyat sohasi, malaka sertifikatlari va h.k) shakllantirish;

pullik o‘quv kurslarini sifatli o‘tkazilishi ta’minlash bo‘yicha zarur tashkiliy, shu jumladan to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirish va yuqori salohiyatli mahalliy, zarur hollarda xorijiy ekspert mutaxassislarning ishtirokini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;

pullik o‘quv kurslarning natijadorligi to‘g‘risida ishtirokchilardan qayta aloqa olish va uning natijasini hamda sohasidagi muammolarni kurs yakunida ishtirokchilari bilan muhokama qilish bo‘yicha brifing tashkil etish va o‘tkazish;

pullik o‘quv kurslarini tizimli ravishda tashkillashtirish, bunda har oyda 25 ishtirokchidan iborat kamida 4 ta guruhni shakllashtirish va o‘qitish bo‘yicha tashkiliy-uslubiy chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

Nomzod iqtisodiyot yoki yuridik fanlar bo‘yicha ilmiy darajaga (Ph.D yoki Doctor of Science) yoki bank-moliya sohasida kamida 5-yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

o‘quv kontentlarini tayyorlash yoki pullik o‘quv kurslarini tashkil etish sohasida kamida bir yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

o‘zbek va rus tillarini mukammal darajada bilishi lozim (sertifikat).

Bajariladigan ish muddati:

Mazkur ish muddati 3 (olti) oyga belgilangan bo‘lib, kelgusida zaruratga ko‘ra, shartnoma muddati uzaytirilishi mumkin.

To‘lov miqdori:

Bajarilgan ish uchun to‘lov miqdori, shu ishlar bo‘yicha amaldagi bozor konyunkturasidan kelib chiqib, taraflar kelishuvi asosida belgilanadi va mutaxassisga bajargan ishining natijasiga ko‘ra to‘lanadi.

Talablar: tashabbuskorlik, jamoa bilan hamnafas ishlash, berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish,

Ish vaqti: ish vaqti haftasiga jami 16 soat (2 kunlik) ish rejimini tashkil etadi.

Talabgor Akademiya (Departament) mas’ul kafedrasiga fuqarolik pasporti yoki ID kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, tegishli hujjatlarni (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ta’lim olganlik haqida diplom va uning ilovasi, mehnat daftarchasi nusxasi, STIR ma’lumotnomasi va ilmiy daraja diplomi) taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, zaruratga ko‘ra talabgor bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlarni topshirishning eng oxirgi muddati 06.04.2026-yil.

Tel.: 90-972-08-48

Telegram Facebook