O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasiga 2019 yilga “12.00.07-Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura” ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturaga (PhD) va mustaqil izlanuvchilikka (PhD, DSc) qabul bo'yicha
TALABLAR:
I. Tayanch doktoranturaga (PhD) quyidagilarga ega bo'lganlar qabul qilinadi:
magistr darajasiga, oliy ma'lumot to'g'risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) ega bo'lganlar;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo'lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha ikkitadan kam bo'lmagan ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislariga ega bo'lganlar.
Tayanch doktoranturada (PhD) o'qish uchun talabgorlar O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Akademiyasi (keyingi o'rinlarda Akademiya deb yuritiladi)ga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Akademiya boshlig'i nomiga tayanch doktoranturaga (PhD) qabul qilish haqida ariza;
talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;
nashr etilgan ilmiy ishlar ro'yxati, shuningdek ularning nusxalari.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etishlari mumkin.
II. Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka quyidagilarga ega bo'lganlar qabul qilinadi:
magistr yoki oliy ma'lumot to'g'risidagi (ixtisoslik bo'yicha) diplomga ega bo'lganlar;
belgilangan ilmiy maqolalariga ega bo'lganlar (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo'nalishlar bo'yicha ikkitadan kam bo'lmagan ilmiy ishlar to'plamlariga kiritilgan ma'ruza tezislari);
kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish staji yoki muayyan ilmiy yutuqlar (ixtiro uchun patentlar yoki mualliflik guvohnomalari)ga ega bo'lganlar.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Akademiya boshlig'i nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;
talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;
oliy ta'lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma'lumot (mutaxassislik dasturlari bo'yicha) to'g'risidagi diplom nusxasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma.
III. Fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun mustaqil izlanuvchi sifatida rasmiylashtiriluvchi shaxslar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so'ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo'lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo'nalishlar bo'yicha ilmiy ishlar to'plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo'lish.
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar Akademiyaga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
Akademiya boshlig'i nomiga mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish haqida ariza;
talabgorning qisqacha biografik ma'lumotnomasi;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
ilmiy ishlar ro'yxati va ularning nusxasi;
fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) diplomi yoki xorijda olingan unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar diplomi nusxasi;
ish joyidan tavsifnoma.
Izoh: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi “Oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 304-son Qarori asosida.