Jadidlar: tafakkur jasorati va milliy o‘zlik qudrati

Jadidlar: tafakkur jasorati va milliy o‘zlik qudrati


Huquqni muhofaza qilish akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” hamda “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzularida insholar tanlovining akademiya bosqichi o‘tkazildi.

Tanlov talaba-yoshlarning tarixiy merosga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ijtimoiy-siyosiy tafakkurini rivojlantirish hamda jadidlar merosini chuqur anglash orqali milliy g‘oya va davlatchilik qadriyatlarini mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.

Mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, tanlov ikki bosqichda – akademiya va respublika bosqichlarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan insholar mazmunning to‘liq ochib berilganligi, jadidlar merosining ma’naviy-intellektual jihatdan tahlili, imloviy savodxonlik, uslubiy mahorat, vatanparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda yoritish qobiliyati hamda xulosalarning mantiqiyligi kabi mezonlar asosida baholandi.

Yakunlarga ko‘ra g‘oliblar aniqlanib, tanlovning respublika bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.

Telegram Facebook