O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Tergov faoliyati” yo‘nalishi talabalari uchun “Huquqni muhofaza qilish faoliyatida raqamli ko‘nikmalar (smart skills) troyektoriyasi” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida talabalar nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtirdilar. Mutaxassis olimlar tomonidan raqamli ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, raqamli kommunikatsiyalar, intellektual tizimlardan foydalanish hamda raqamli savodxonlik bo‘yicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarning amaliy qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratilib, jumladan, uchuvchisiz uchish apparatlaridan (dronlardan) foydalanish, ularni boshqarish va ishga tushirish ko‘nikmalari namoyish etildi.
Seminar doirasida dastlabki tergov va surishtiruvni raqamlashtirishning ustuvor yo‘nalishlari hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga raqamli yechimlarni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bunday amaliy tadbirlar raqamli transformatsiya sharoitida samarali faoliyat yurita oladigan malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.