Sport, jamoa va iroda: Akademiyada sport bayrami o‘tkazildi

Sport, jamoa va iroda: Akademiyada sport bayrami o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida Navro‘z bayrami va Yoshlar kuni munosabati bilan talabalarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda jamoaviylik va vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan sport bayrami tashkil etildi.

Musobaqalarda 1–3 kurs talabalari ishtirok etib, ular jamoaviy va yakka tartibdagi yo‘nalishlarda o‘z kuch va mahoratini sinab ko‘rdilar.

Tadbir dasturi harbiy-sport estafetasi, arqon tortish, tosh ko‘tarish, armrestling, stol tennisi va kamondan otish kabi sport turlarini qamrab oldi. Ishtirokchilar jismoniy tayyorgarlik, chidamlilik va jamoaviy hamjihatlikning yuqori darajasini namoyon etdilar.

Harbiy-sport estafetasi yakuni bo‘yicha “Prokurorlik faoliyati” yo‘nalishining 1-kurs, “P”-potok 2-guruhi g‘olib deb topildi. Ikkinchi o‘rinni “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 1-kurs, “A”-potok 2-guruhi, uchinchi o‘rinni esa shu yo‘nalishning 2-kurs, “A”-potok 2-guruhi egalladi.

Arqon tortish musobaqasida “Tergov faoliyati” yo‘nalishining 3-kurs jamoalari – “A”-potok 1-guruhi, “A”-potok 2-guruhi va “B”-potok 2-guruhi – g‘olib va sovrindorlar sifatida qayd etildi.

Yakka tartibdagi musobaqalarda g‘oliblar quyidagicha aniqlandi: tosh ko‘tarish bo‘yicha – Nishonov Ozodbek, Choriyev Shoxsuvor va Shokirov Shoxjaxon;

armrestlingda o‘g‘il bolalar o‘rtasida – Fayzullayev Shaxriyor, Farxodov G‘olibjon va Ubaydullayev Elbek, qizlar o‘rtasida – Pirmanova Sarvina, Saydullayeva Sevinch va Tangirova Marjona;

stol tennisida o‘g‘il bolalar o‘rtasida – Murodov Muxamadali, Quvondiqov Anvarjon va Akromov Sayidumar, qizlar o‘rtasida – Babashova Bibinaz, Sayfuddinova Gulnoza va Botirova Ramilya;

kamondan otishda o‘g‘il bolalar o‘rtasida – G‘anijonov Shamshod, Teshaboyev Shoxrux va Po‘latov Kamron, qizlar o‘rtasida – Olimboyeva Moxinur, Zaripova Bonu va Musulmonova Lobar (II o‘rin), Bekmurodova Maftuna (III o‘rin).

Tadbir yuqori ko‘tarinki, do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar diplomlar, kuboklar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Bunday tadbirlar talabalarning jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash bilan birga, kelajakdagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarida iroda, mas’uliyat va jamoada samarali ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook