Jinoiy-huquqiy siyosat masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi

Jinoiy-huquqiy siyosat masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi xodimlari “Jinoiy-huquqiy siyosat va davlat boshqaruvi: muammolar, islohotlar va istiqbollar” mavzusida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ishtirok etdilar.

Mazkur konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan universitet professori, yuridik fanlar doktori Axrarov Baxram Jabbarovichning 70 yoshlik yubileyi munosabati bilan tashkil etildi.

Konferensiya doirasida Akademiya vakillari ma’ruza bilan ishtirok etib, qonunchilikni takomillashtirish hamda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishning dolzarb yo‘nalishlari va ilmiy asoslangan yechimlarini yoritdilar.

Xususan, ma’ruzalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son va PQ-2-son qarorlarida belgilangan vazifalar doirasida jinoyatchilikning barvaqt profilaktikasi samaradorligini oshirish, tergov sifatini tubdan yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida yuridik fanlar doktori, professor Axrarov Baxram Jabbarovich huquqni muhofaza qilish sohasida kadrlar tayyorlash, ilmiy va ta’lim faoliyatini rivojlantirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Bosh prokuratura va Akademiya jamoasi nomidan samimiy tabriklanib, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Telegram Facebook