Xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash ko‘nikmalari: Akademiyada amaliy seminar

Xalqaro ilmiy bazalar bilan ishlash ko‘nikmalari: Akademiyada amaliy seminar

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida O‘zbekiston Milliy kutubxonasining milliy va xorijiy elektron axborot resurslari bazalaridan samarali foydalanishga bag‘ishlangan seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirga ekspert sifatida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi xodimi X.Boysunova taklif etildi.

Seminar davomida ishtirokchilar Milliy kutubxona tomonidan taqdim etilayotgan elektron resurslar imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalarida ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

Xususan, ProQuest platformasi orqali dunyodagi eng yirik to‘liq matnli dissertatsiyalar bazasidan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek CNKI (China National Knowledge Infrastructure) orqali Xitoy ilmiy jurnallari va tadqiqot materiallariga kirish imkoniyatlari keng yoritildi.

Shuningdek, East View Information Services xalqaro ma’lumotlar bazasi orqali Rossiya va boshqa mamlakatlar ilmiy nashrlaridan foydalanish, maqolalarni yuklab olish, nusxa ko‘chirish va elektron tarzda tarqatish imkoniyatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

Tadbirda Akademiya magistrantlari va doktorantlari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan atroflicha javob oldilar.

Bunday seminar-treninglar ilmiy tadqiqot ishlari sifatini oshirish, axborot resurslaridan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xalqaro ilmiy makonga integratsiyalashuvni kuchaytirishga xizmat qiladi.

Telegram Facebook