Akademiya inson huquqlari sohasida yangi avlod o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishga ekspertlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Akademiya inson huquqlari sohasida yangi avlod o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishga ekspertlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis lavozimiga tanlov e’lon qiladi (shartnoma asosida vaqtinchalik ish)

Hozirgi vaqtda Akademiya faoliyatiga inson huquqlari sohasida yangi avlod o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishga ekspertlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassisni vaqtinchalik asosda jalb etish zaruriyati mavjud. Mutaxassis tomonidan taqdim etilgan hujjatlar ma’qullangan taqdirda, u bilan Akademiya o‘rtasida ikki tomonlama fuqarolik-huquqiy shartnoma imzolanadi.

Mutaxassisning vazifalari: Inson huquqlari sohasida yangi avlod o‘quv-uslubiy majmualarni yaratishga ekspertlik yordamini ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis zimmasiga quyidagi vazifalarni bajarish yuklatiladi: Akademiya rahbariyatining topshirig‘iga muvofiq, Akademiya bakalavriati talabalari (rus tilida ta’lim oluvchi guruhlar) uchun «Inson huquqlari» o‘quv fani bo‘yicha ma’ruza matnlari, chizmalar, nazorat savollari, testlar hamda adabiyotlar ro‘yxatidan iborat yangi avlod o‘quv-uslubiy majmuasini yaratish. Mazkur majmua quyidagi 15 ta mavzuni qamrab olishi lozim:

Inson huquqlari tushunchasi va tavsifi;

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar;

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro mexanizmlar;

Inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha mintaqaviy mexanizmlar;

O‘zbekistonda inson huquqlari sohasidagi qonunchilik;

Insonlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari;

Inson va huquqlari, erkinliklari, burchlari va ularning kafolatlari;

Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari;

Bola huquqlari;

Ayollar huquqlari;

Mahkumlar huquqlari;

Migrantlar huquqlari;

Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar;

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimining inson huquqlari madaniyati;

O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya qonunchiligi va inson huquqlarini ta’minlash.

 

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

yuridik fanlar bo‘yicha ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega bo‘lish;

inson huquqlarini himoya qilish sohasida kamida o‘n yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;

o‘zbek, ingliz va rus tillarini mukammal bilish;

inson huquqlari bo‘yicha milliy va xalqaro standartlarni, o‘quv dasturlari ishlab chiqish metodologiyasini hamda zamonaviy pedagogik usullarni yaxshi bilishi va qo‘llay olishi;

o‘quv-uslubiy majmualarni tayyorlay olishi va materiallarni tushunarli shaklda bayon qilish qobiliyatiga ega bo‘lishi;

zamonaviy raqamli vositalardan, jumladan MS Office dasturlari va onlayn ta’lim platformalaridan samarali foydalana olishi;

tahliliy fikrlash, jamoada ishlash, samarali muloqot qilish, mas’uliyatli bo‘lish va ijodkorlik kabi shaxsiy sifatlarga ega bo‘lishi.

Ishni bajarish muddati: 3 oy

Ish tartibi: aralash (offlayn/onlayn).

To‘lov miqdori: bajarilgan ish uchun mehnatga haq to‘lash miqdori tomonlarning o‘zaro kelishuviga muvofiq belgilanadi va talabgorga bajarilgan ish natijalariga ko‘ra to‘lab beriladi.

Hujjatlarni taqdim etish tartibi: lalabgor Akademiya Xalqaro huquq va inson huquqlarini himoya qilish kafedrasiga fuqarolik pasporti yoki ID-kartasi bilan shaxsan murojaat qilib, shaxsini tasdiqlovchi hujjat, obyektivka, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (diplom va uning ilovasi), sertifikatlar nusxalari, mehnat daftarchasi ko‘chirmasi, STIR hamda PINFL ma’lumotnomasini taqdim etishi lozim. Taqdim etilgan hujjatlar o‘rganib chiqilganidan so‘ng, zaruratga ko‘ra nomzod bilan komissiya tarkibida suhbat o‘tkaziladi.

Hujjatlar 2026 yil 11 aprel kuniga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Rixsili ko‘chasi, 9-uy (mo‘ljal: sobiq «Zenit» zavodi).

Hujjatlar dushanba-juma kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: 71-202-04-96 (1749).

Telegram Facebook