Korrupsiyaga qarshi ta’lim – halollik madaniyatini shakllantirish omili: navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi ta’lim – halollik madaniyatini shakllantirish omili: navbatdagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirishga qaratilgan vazifalar ijrosi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakillari tomonidan «Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish» davlat muassasasida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish, korrupsiyaga nisbatan barqaror murosasiz munosabatni shakllantirish, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini keng tushuntirishdan iborat bo‘ldi.

Tadbir davomida Akademiya vakili tomonidan ma’ruza qilinib, unda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlar, uning kelib chiqish omillari tahlil qilindi, shuningdek korrupsiyaviy holatlarning jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishiga salbiy ta’siri yoritildi.

Alohida e’tibor mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarga, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash masalalariga, raqamli texnologiyalarni joriy etishga hamda jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirishga qaratildi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, halollik tamoyillariga rioya qilish, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar. Mazkur tadbir professional muhitda huquqiy ongni yuksaltirish va korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram Facebook