Islohotlar, media va ilm-fan: Akademiyada Jurnalistika universiteti rektori bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

Islohotlar, media va ilm-fan: Akademiyada Jurnalistika universiteti rektori bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida an’anaviy Ma’rifat soati doirasida O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sh.T.Qudratxo‘ja bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, magistratura tinglovchilari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, axborot makonining transformatsiyasi, jurnalistikaning zamonaviy vazifalari, shuningdek ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar xususida fikr almashildi.

Mehmon tomonidan global axborot muhitida raqobatbardoshlikni ta’minlash, jamoatchilik bilan samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish, axborotning ishonchliligi va tezkorligini ta’minlash, shuningdek, feyk xabarlarga qarshi kurashish masalalari alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv interaktiv ruhda o‘tib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi. Ayniqsa, yoshlarning media savodxonligini oshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash va raqamli davrda mas’uliyatli axborot iste’molini shakllantirish masalalari qizg‘in muhokama qilindi.

Telegram Facebook