Akademiyada 9-aprel - Amir Temur tavallud topgan kuni hamda “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Temuriylar davrida harbiy san’atning rivojlanishi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori, temur va boburshunos olim Raximov Jumabay, universitet kursantlari hamda Akademiya talabalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida olim tomonidan Amir Temurning davlat arbobi va sarkarda sifatida olib borgan va dunyo tarixida o‘chmas iz qoldirgan siyosati va faoliyati haqida talabalarga batafsil tushuntirib berildi hamda ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.
Universitet kursantlari va Akademiya talabalari esa buyuk ajdodimizning hayotiy faoliyati davomidagi holatlar asosida sahnalashtirilgan qisqa sahna ko‘rinishlarini namoyish etdilar.
Tadbir yakunida Harbiy va jismoniy tayyorgarlik hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari tomonidan Akademiya kutubxonasiga “O‘zbekiston tarixi” va “Temur tuzuklari” nomli adabiyotlar tuhfa etildi.